Mourin'yo Endrikni ortga surib yubordi
«Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning hujumchilar bo‘yicha ichki reytingda Endrik hozircha to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu haqida braziliyalik manbalarga tayanib, The Touchline nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mourinyo ro‘yxatida Endrikdan yuqorida Kilian Mbappe, Vinisius Zhunior va jamoaning yangi futbolchisi Karlos Espi joy olgan. Shuningdek, Rodri jarohatdan to‘liq tiklanib, Malrilga kelsa, «Real» Yan Diomandeni ham qo‘lga kiritса, Endrikning mavqei oltinchi pog‘onagacha pasayishi mumkinligi qayd etilgan.
Xabarlarga ko‘ra, Joze Mourinyo Endrikni yaqin rejalariга kiritmayapti. Shu bois yosh hujumchi yana ijaraга jo‘natilishi ehtimoli bor. Ehtimoliy variantlar orasida 20 yoshli futbolchining yana «Lyon» klubiga yo‘l olishi ham tilga olinmoqda.
Avvalroq Endrik Mourinyoni ishontirish va unga o‘z salohiyatini namoyish etishni istayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Fikrlar