Mourin'yo Garsiyani London klubiga qo'yib yubormaydi

  • 23.07.2026 20:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya endi «Fulxem» jamoasining ehtimoliy yangi transferlari ro‘yxatida emas. Jurnalist Nizaar Kinsella ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, London klubi endi ispaniyalik forvardni sotib olish variantlarini ko‘rib chiqmayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourin’yu Gonsalo Garsiyani 2026/2027 yilgi mavsum uchun jamoada saqlab qolish tarafdori.

Gonsalo Garsiya «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida o‘tkazgan 73 rasmiy o‘yinda 30 ta gol urgan va jamoadoshlariga yetti bor hal qiluvchi pas bergan.

Futbol bozori bo‘yicha ma’lumot beruvchi Transfermarkt saytining baholashicha, 22 yoshli Gonsalo Garsiyaning transfer qiymati 30 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!