Mourin'yo kuchli terma jamoani boshqarishdan bosh tortdi

  • 28.09.2026 17:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AS nashri sahifalarida Joze Mourinyo haqida maqola e’lon qilindi. Unda yozilishicha, bu yil portugaliyalik murabbiy o‘z yurtida Portugaliya milliy terma jamoasini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan. 

Mahalliy futbol federatsiyasi oldindanoq Roberto Martines jahon chempionatidan so‘ng terma jamoani tark etishini bilardi. Shu bois portugalalar Mourinyo nomzodini jiddiy ko‘rib chiqqan, ammo u «Real» klubi prezidenti Florentino Peres taklifini qabul qilgan.

«Joze Mourinyo – so‘ziga sodiq inson. U o‘z atrofidagilarni himoya qilish va hurmat qilish borasida ko‘pchilikdan ajralib turadi. Portugaliyalik mutaxassis bir necha bor do‘sti qiyin ahvolga tushsa, yordam qo‘lini cho‘zishga va qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor ekanini namoyish etgan. O‘tgan yil aprelida u buni yana bir bor isbotladi – Florentino Peres qo‘ng‘irog‘iga javob berganida, – deya ta’kidlanadi maqolada.

Natijada Portugaliya terma jamoasiga Jorje Jezush bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning qo‘l ostida Millatlar ligasi start uchrashuvlarida terma jamoa Uelsni 1:0, Norvegiyani esa 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!