Mourin'yo Mbappe va Vinisius masalasini bittada hal qildi

  • 12.06.2026 08:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joze Mourinyo yangi mavsumdan boshlab Madriddning "Real" jamoasiga bosh murabbiy sifatida rahbarlik qiladi.

Portugaliyalik mutaxassis oldida so‘nggi mavsumlarda turli murabbiylar qo‘l ostida ham jamoani bezovta qilib kelayotgan bir qator taktika va ruhiy muammolarni hal etish vazifasi turibdi.

Jurnalist Migel Serrano ma’lumotiga ko‘ra, yangi bosh murabbiy jamoa yulduzlari Kilian Mbappe va Vinisius Juniyorga katta ishonch bildirmoqda. Uning ta’kidlashicha, Mourinyo har ikki futbolchiga o‘ziga yarasha vazifa yuklaydi.

Unga ko‘ra, Mourinyo qo‘l ostida fransiyalik hujumchini loyihaning asosiy "texnik yetakchisi", braziliyalik futbolchini esa kiyinish xonasidagi ruhiy yetakchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 

Mourinyo "Real"da shu kungacha jamoani qishdan mavsum yakunigacha boshqarib kelgan Alvaro Arbeloani almashtiradi. Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2010–2013 yillar oralig‘ida ham Madrid klubiga bosh murabbiylik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!