Mourin'yo "Real" futbolchisiga imkon beradigan bo'ldi

  • 27.07.2026 16:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo yangi mavsum rejalariда Braim Diasga alohida o‘rin bermoqda. Bu haqida jurnalist Ben Fernandez xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, portugalialik mutaxassis Diasni jamoa uchun universal futbolchi, ya’ni «joker» sifatida ko‘rmoqda. 

Mourinyoning fikricha, marokashlik hujumkor futbolchi ham markazda, ham hujumning o‘ng qanotida birdek foyda keltira oladi.

O‘tgan mavsumda Braim Dias «Real» tarkibida 42 o‘yinda maydonga tushdi. U shu bahslarda ikki bor gol urdi va to‘qqizta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!