Mourin'yo "Real" himoyasiga kurashish imkonini berishni va'da qildi

  • 18.08.2026 16:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasida o‘ynaydigan chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras Joze Mourinyo qo‘l ostida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

23 yoshli futbolchi yozda «Real» tarkibiga Mark Kukurelya qo‘shilganidan so‘ng doimiy o‘yin amaliyotidan mahrum qolishi mumkinligi haqida xabarlar kuchaygan edi. Matbuotda Karreras sotilishi ehtimoli haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi. 

Ammo Marca nashri yozishicha, Joze Mourinyo himoyachi bilan suhbatda unga asosiy tarkib uchun adolatli kurashish imkoniyati berilishini va’da qilgan.

Portugaliyalik mutaxassis Kukurelya uchun hech qanday kafolat yo‘qligini ta’kidlagan. Hatto shuning o‘ziyoq e’tiborga molikki, Mourinyo yoz boshida aynan o‘zi Kukurelyani jamoaga olib kelish tashabbuskori bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Karreras o‘tgan yil iyul oyida «Benfika» klubidan «Real» safiga 50 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!