Mourin'yo "Real"ning qaysi futbolchisida fantastik salohiyat borligini aytdi

  • 15.09.2026 11:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourin'yo jamoa yarimhimoyachisi Arda Gyulernig oʻyin darajasi haqida fikr bildirdi. Mutaxassis turkiyalik futbolchining maydondagi sifati va ta'sirini alohida ta'kidladi.

Mourin'yoning ta'kidlashicha, Gyuler hozirning oʻzidayoq «Real» tarkibidagi eng kuchli futbolchilar qatoriga kiradi.

«Men uchun uning sifati haqiqatan ham ajoyib. Oʻynini koʻra bilishi, qaror qabul qilishdagi qat'iyati, jamoa oʻyiniga olib kiradigan barqarorligi, golli vaziyatlar yaratish mahorati – bularning barchasi yuqori darajada. 

Menimcha, uning salohiyati fantastik, statistikasi ham allaqachon juda ta'sirli. Biz uning oʻyinini chuqur tahlil qilamiz. Balki yana “eng yaxshi” degan soʻzni takrorlashni istamasman, lekin Ha, Gyuler rostdan ham jamoamizdagi eng kuchli futbolchilardan biri», — dedi Mourin'yo.

Eslatib oʻtamiz, Arda Gyuler 2023 yili «Fenerbahche»dan «Real»ga oʻtgan edi. Joriy mavsumda u La Ligada beshta oʻyinda maydonga tushib, bir gol urdi va ikki golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!