Mourin'yo "Real" uchun 16 yoshli "yangi Kante"ni topdi

  • 16.07.2026 13:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa tarkibini kuchaytirish uchun kutilmagan manba topdi — klub akademiyasi. Uning e’tiborini 16 yoshli yarim himoyachi Sherif Fofana o‘ziga jalb etdi.

Bo‘yi unchalik baland bo‘lmagan Fofana maydonning markaziy, himoyaviy qismida o‘ynaydi. Uning qomati va o‘yin uslubi mashhur Ngolo Kantega o‘xshash bo‘lgani uchun yosh futbolchini allaqachon «yangi Kante» deb atashmoqda. 

Sherif jangovar xarakteri, to‘pni tortib olishdagi aniq harakatlari va butun maydon bo‘ylab tinmay harakat qilishi bilan ajralib turadi.

Aynan shu fazilatlar Mourinyoga manzur kelgan. Portugaliyalik mutaxassis iste’dodli o‘yinchi Fofanani «Real»ning asosiy tarkibiga jalb etish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!