
Mourino “Barsa”ning so‘nggan yulduzini qayta porlatmoqchi
Lionel Messi “Barselona”ni tark etganidan keyin uning asosiy o‘rinbosari sifatida qaralgan Ansu Fati ayni paytda kataloniyaliklarga kerak bo‘lmay qolgan.
Iste’dodli hujumkor futbolchi mavsumni ijara asosida “Brayton”da o‘tkazi va Angliya Premer-ligasida ham o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
Turkiyaning “Fenerbahche” klubini qabul qilib olgan Joze Mourino Ansu Fatiga yana yuqori darajada o‘ynab ketishiga yordam bermoqchi. Turk klubi sport direktori “Barselona”dagi hamkasbi Deku va Fatining agenti Jorje Mendesh bilan bog‘lanib, transfer ma’lumotlarini to‘pladi.
Sport.es saytining yozishicha, Ansu Fatining kelajagi kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka bog‘liq. Germaniyalik mutaxassis mavsumoldi yig‘inlarida futbolchining iste’dodini ko‘rikdan o‘tkazishi va uning imkoniyatlariga baho berishi lozim.
Transfermarkt portali yuir paytlar “Barselona” 200 million evroga transfer qilishdan bosh tortgan Ansu Fatini 25 million evroga baholadi.
Fikrlar