Mourino diskvalifikatsiya qilindi
UEFA "Tottenxem Xotspur" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinoni bitta uchrashuvga diskvalifikatsiya qildi. Portugaliyalik mutaxassis Evropa ligasi doirasida "Antverpen"ga qarshi o‘yinning tanaffusidan so‘ng jamoasini o‘z vaqtida maydonga boshlab tushmagan. O‘sha bellashuvda "shporlar" 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Qayd etilishicha, UEFAning ushbu jazosi bir yilga kechiktirilgan. Shu sababli Mourino Evropa ligasining navbatdagi turida "Ludogorets"ga qarshi o‘yinda jamoani boshqarishi mumkin.

Fikrlar