
Mourino "Fenerbaxche"ga MYudan yulduz futbolchi olib kelmoqchi
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z jamoasida "Manchester Yunayted" futbolchisini ko‘rishni istardi. Gap "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorimning rejalariga kirmagan vinger Alexandro Garnacho haqida ketmoqda.
Transfer News Live nashrining xabar berishicha, "Fenerbaxche" Garnacho uchun 45 million evro taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Shu bilan birga, avvalroq matbuotda 21 yoshli Alexandro Garnacho yozgi oyna yopilgunga qadar "Chelsi"ga o‘tishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Garnachoning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar