Mourino "Lion" taklifini rad etdi. Chunki...

  • 10 oktabr, 2019, 00:02
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino "Lion"da ishlashni istamadi.

Xabar berilishicha, 56 yoshli mutaxassis taklif uchun frantsiyaliklarga minnatdorchilik bildirgan, ammo rad javobini bergan. Portugaliyalik mutaxassis Angliya chempionatida ishlashni istamoqda. Bunga sabab, uning oilasi ham Angliyada istiqomat qiladi.

Ayni damda, "Lion" klubi Loran Blan bilan muzokaralar olib bormoqda. Yaqin 2 kun ichida PSJning sobiq bosh murabbiyi bilan kelishuvga erishishlari kutilmoqda.

Avvalroq, "Lion" Arsen Venger va Tiago Motta nomzodlarini ham ko‘rib chiqayotgani ma’lum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!