Mourino mag‘lubiyatda Shomurodovni ayblagan o‘yinni esga oldi!

  • 14 avgust, 2022, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yangi chempionat oldidan jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishi uchun qanday o‘zgarishlar amalga oshirilishi, nimalarga e’tibor qaratilishi, o‘tgan mavsumdagi qaysi xatolarni takrorlamaslik kerakligini alohida ta’kidladi.

Tecno

Ma’lumki, “Roma” o‘tgan mavsumda kuchli oltilikka kirib, Evropa ligasiga yo‘llanma oldi, shuningdek, Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqib, uzoq yillar kutilgan ilk sovriniga ega bo‘ldi.

1653555988_roma-liga-konferencij

Klub rahbariyati va muxlislarining Joze Mourinoga bo‘lgan ishonchini ortdi. Endi portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida “bo‘rilar” yangi mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi, Italiya kubogi va Evropa ligasi g‘olibligi uchun kurashishi kutilyapti.

Joze Mourino ana shu yuksak maqsadlarni bajarish uchun nimalarga e’tibor berishini ochiqladi.

- Biz to‘rt nafar himoyachi bilan o‘ynash ustida ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Bu taktik sxemada qanot himoyachilari o‘zini ancha erkin his qiladi. Avvalgi mavsumda uch nafar himoyachi bilan o‘ynadik. Yozda bir necha o‘yinchilarni oldik va udar yordamida to‘rt himoyachi bilan harakat qilishga imkonimiz oshdi.

Lekin bu o‘zgarishlarni o‘zlashtirish uchun ancha ter to‘kishimizga to‘g‘ri keladi. Chunki biz Angliya yoki Italiyaning ayrim klublari kabi o‘zimiz istagan o‘yinchilarning barchasiga pul so‘ray olmaymiz.

Bizda yaxshi salohiyatga ega bo‘lgan o‘yinchilar bor. Ular to‘p bilan ishlashni yaxshi biladi.

Shuningdek, o‘tgan mavsumda “Yuventus” bilan yuz bergan holatni takrorlamasligimiz shart. Biz maydonda ustunlik qilishimiz kerak, - dedi Joze Mourino.

Ta’kidlash joizki, portugaliyaliy murabbiy tilga olgan “Yuventus” bilan o‘yinda rimliklar hisobda oldinda borib, amalda mag‘lubiyatga uchragan edi. O‘shanda Joze Mourino Eldor Shomurodovni 71 –daqiqada maydonga tushiradi. Lekin raqib futbolchisi hamyurtimizni ortda qoldirib, hisobn  tenglashtirgan golga vaziyat yaratadi. Oxir-oqibat turinliklar 4:3 hisobida zafar quchib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashda poytaxtliklardan o‘zib ketadi.

O‘yindan keyin Mourino alamli mag‘lubiyatda Shomurodovni ochiqchasiga ayblaydi.  

- 70 daqiqa davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Jamoa juda zo‘r o‘ynadi. Biroq 70-daqiqadan so‘ng psixologik nosozlik ro‘y berdi. Afena-Gyan ajoyib o‘yin o‘tkazdi, lekin uni almashtirgan futbolchi (Eldor Shomurodov) hammasini noto‘g‘ri qildi. U maydonga tushgan ilk daqiqadan xato qila boshladi. Raqib hisobni 3:2 ga qisqartirganida biz tamom bo‘ldik. Turin klubi kuchli xarakterga ega jamoa ekanligini yana bir bor isbotladi.

Mag‘lub bo‘layotgan paytingizda, oyoqqa turishingiz va xarakter ko‘rsatishingiz zarur. Ammo bizda  juda bo‘sh va zaif insonlar bor, - degan edi Joze Mourino.

90a82187915f600ff32a3eadf6e20766

Aslida o‘sha uchrashuvdan keyin portugaliyalik murabbiyning o‘zbek futbolchisiga bo‘lgan munosabati o‘zgargani sezilib qoldi. Hozir ham Shomurodovning “Roma”dagi o‘rni kafolatlanmagan.

Shomurodovga hech qachon xaridor bo‘lmaganmiz!

“Roma” Shomurodov uchun so‘rayotgan yangi narx “Bolonya”ni jumbushga keltirdi!

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!