Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

  • 5 avgust, 2022, 20:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

BATE rahbari Andrey Kapskiy jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Mixaylov bilan yuzaga kelgan ziddiyt oqibatida yarim mavsum maydondan tashqarida qolgan va keyinchalik ijara asosida “Ordabasi”ga o‘tib, qozo klubiga samara keltira boshlagan Shahboz Umarov haqida fikr bildirdi.

04ef964f4bc15df9d09a68480e87bac4

- Tarkibdagi imkoniyatlar cheklangan bir paytda Umarov darajasidagi o‘yinchini yo‘qotish alamli. Men chin dildan Umarovga omad tilayman. “Ordabasi”dagi faoliyati uning har tomonlama o‘sishiga xizmat qilishidan umidvorman.

O‘zbek futbolchisi yosh va juda qiziqqon. Aynan mana shu omillar uning bir necha bor noqulay vaziyatlarga tushib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ana shunday voqealardan biri Petrikovning “Shaxtyor” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan nazorat uchrashuvida ro‘y berdi. Jamoa yangilanayotgan va tarkibga ko‘plab yosh o‘yinchilar jalb qilingan pallada oliy ligada o‘ynash tajribasiga ega etakchi futbolchining maydondan chiqib ketishini hech qachon yaxshilikka olib kelmaydigan holatlardan biri hisoblanadi.

Birinchi davra davomida tajribali o‘yinchilardan Aleksey Nosko, Sergey Sazonchik, Nikita Nekrasov o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun o‘rinbosarlar safida to‘p tepishga imkon berilishini so‘ragan bir paytda Umarov bu tarkibda o‘ynashdan bosh tortdi.

Biroq, bu erda muammo faqat futbolchining o‘zida emas, balki uning vakillarida ham bo‘lishi mumkin.

Aslida bizning ham aybimiz bor. Balki Umarovga boshqa jazoni qo‘llash kerak edi. Balki kuchliroq chora ko‘rilganda, samara ko‘proq bo‘larmidi?!

Shunga qaramay, takrorlayman? Men Umarovga muvaffaqiyat tilayman va kelajakda yana BATEga ko‘p foyda keltirishiga umid qilaman, - dedi Andrey Kapskiy.

65ce71bd19516cb7d3d82943c46530df

Eslatib o‘tamiz, mavsumoldi nazorat uchrashuvida Shahboz Umarov chiroyli harakat qilish chog‘ida to‘pni raqibiga oldirib qo‘yadi. Yangshi bosh murabbiy Aleksandr Mixaylov bir necha marta uni haqorat qilganidan keyin legionerimiz maydonni tark etadi.

Keyinchalik, Shahboz murabbiy va jamoadan uzr so‘raganiga qaramay, belaruslik mutaxassis uni o‘yin qaydnomasiga ham kiritmaydi. Oxir oqibat legionerimiz yozgi transferlar vaqtida “Ordabasi”ga ijaraga berib yuboriladi.

Shahbyuoz 2020 yilda Belarus chempionati vakili “Energetik-BGU”ga ko‘chib o‘tgan edi. 30 ta uchrashuvda uchta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘lgan hujumkor futbolchi keyingi mavsumni BATE tarkibida boshladi.

Borisov jamoasi safida oliy ligada 27 uchrashuvda oltita gol va sakkizta assistni qayd etgan universal futbolchimiz jamoasining haqiqiy etakchisiga aylandi. Yangi mavsumda ham Umarov jamoasida asosiy figura bo‘lishi kutilgandi. Lekin yuqorida keltirilgan ziddiyat tufayli o‘yin amaliyotisiz qoldi.

BATE muxlislari jamoaning bir necha omadsiz o‘yinidan keyin klub rahbariyati va bosh murabbiy Aleksandr Mixaylovni etakchi o‘yinchilar, xususan, Shahboz Umarov bilan til topisha olmayotganlikda ayblagani ham bor gap.

byeebc08aba7a

Umarovning BATE bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 31 dekabriga qadar davom etadi. 23 yoshli futbolchimiz shu yilning oxirigacha Qozog‘iston premer-ligasida “Ordabasi” sharafini himoya qiladi. Mavsum yakunlanishi bilan Umarov BATEga qaytib borishi kutilyapti.

Italiyalik mutaxassis Shomurodovga qaysi jamoaga o‘tishni maslahat berdi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ал-химик
05/08/2022 11:43
Мақолани ичидаги орфографик хатоларни тўғрилаб қўйинглар.
Айтмоқчи, катта ҳажмли реклама қўяётганларга инсоф берсин, сайтни ривожланиши учун катта ўлчамдаги ва мақола ичидаги реклама бўлиши шарт эмас. Сайтларинг ҳар доимгидек халқ тилида айтганда итни кейинги оёғи бўлса керак.
&
Ганишер
05/08/2022 12:32
Немедленно Александру Михайлову, уволить и место него другого тренера надо поставить,!!!