
Mourino "Manchester Yunayted" shifokorlaridan norozi
“Manchester Yunayted” klubi ustozi Joze Mourino jamoa yarim himoyachisi Ander Erreraning olgan jarohati borasida tashxis xato qo‘yilganini aytib o‘tdi. Bunda u jamoa shifokorlarini ayblagan.
– Bu og‘ir jarohat deb o‘ylayman. Errerada kichik jarohat bor bo‘lgan va yaqin o‘yinlarda o‘ynamasligini kerak edi. Ammo shifokorlar shtabi uni 100% o‘yinga tayyor deyishdi. Aslida bunday bo‘lib chiqmagan. Biz uni chempionat o‘yiniga qo‘shmaymiz. Sababi to‘liq sog‘aymagan, – deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports nashri.
Ander Errera “Sevilya”ga qarshi 1/8 final “Manchester Yunayted” (0:0) bilan bo‘lgan o‘yinda jarohat olgan.
Fikrlar