Mourino o‘ziga jamoa tanladi

  • 24.12.2022 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Qatardagi jahon chempionatidan keyin ikkita terma jamoani boshqarish taklifini oldi.

Mundialda maqsadiga erisha olmagan Portugaliya va Braziliya terma jamoalariga yangi ustoz kerak. Har ikki mamlakat futbol federatsiyalari bu lavozimga Joze Mourinoni munosib ko‘rmoqda.

Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, Joze Mourinoga terma jamoalarni boshqarish talifi yoqib tushgan. Lekin shunga qaramay, 59 yoshli mutaxassis “Roma”dagi ishini davom ettirishni ma’qul topdi.

Joze Mourinoning poytaxt klubi bilan hamkorligi 2024 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan. Klub xo‘jayinlari bosh murabbiyning ham “Roma”, ham Portugaliya terma jamoasida ishlash taklifini ma’qullamadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!