Mourinyo "Real" haqida: Bu men intiladigan daraja emas
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning himoyadagi oʻyini darajasi haqidagi savolga javob berdi.
«Yoʻq, hali hech narsa men istagan darajada emas. Men doim yanada yaxshiroq natijani koʻzlayman. Bu yerda 104–105 kun boʻldim, tabiiyki, hali kerakli bosqichga yetganimiz yoʻq. Lekin ayrim jihatlarda olgʻa siljish bor.
Masalan, “Malaga” yoki “Rayo”ga qarshi oʻyinlar bilan solishtirsak, oʻshanda raqiblar juda koʻp golli vaziyat yaratgandi, hozir esa bunday emas. Demak, oʻsish bor», — dedi Mourinyo.
Endilikda Joze Mourinyo «Real»ni safardagi navbatdagi sinov — «Barselona»ga qarshi uchrashuvga tayyorlaydi. Navbatdagi «el klasiko» 25 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Fikrlar