Mourinьo “Real” sobiq himoyachisini murabbiylar shtabiga chaqirdi

  • 08.06.2026 20:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tez orada "Real Madrid"ni boshqaradigan murabbiy Joze Mourinyo sobiq futbolchi Pepega klub murabbiylar shtabiga kirishni taklif qildi. Bu haqida Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Pepe taklifni ko‘rib chiqmoqda, Madrid klubi esa uning nomzodini muhokama qilmoqda.

Pepe 2007-2017 yillarda "Real" safida o‘ynagan va 14 ta sovrin, jumladan, uchta La Liga va uchta Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan. 2017 yilda "Real"ni tark etganidan so‘ng, u Turkiyaning "Beshiktosh" jamoasida o‘ynagan va 2019 yil yanvar oyida "Portu"ga qaytgan.

2024 yilning 8 avgustida Pepe faoliyatini yakunladi. Faoliyati davomida futbolchi "Maritima", "Portu", "Beshiktosh", "Real", shuningdek, Portugaliya terma jamoasida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!