Mourin'yo “Real”dan “Manchester Siti” himoyachisini olib kelishni talab qilyapti
Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiolning ehtimoliy transferiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tez orada "Real"ni boshqarishi kerak bo‘lgan Joze Mourinyo 24 yoshli futbolchini "qaymoqlilar" tarkibida ko‘rish istagini bildirdi. Bu haqida ispaniyalik jurnalist Alberto Pereyro ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mourinyo klub prezidenti Florentino Peresga mudofaa chizig‘ini mustahkamlash niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Peres murabbiyning iltimosiga rozi bo‘ldi va Gvardiolni sotib olish uchun choralar ko‘rishga va’da berdi. Avvalroq "Barselona" ham xorvatiyalik himoyachiga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Gvardiol "Manchester Siti" safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Yoshko Gvardiolaning bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar