Mourin'yo 'Real"ga Gvardiolni olib kelishni istamoqda
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa himoya chizig'ini kuchaytirish uchun Yoshko Gvardiol nomzodini ma'qullamoqda.
As nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis "Manchester Siti" himoyachisini o'z loyihasida muhim figura deb hisoblamoqda. Mourinyoni ayniqsa futbolchining universalligi qiziqtirmoqda, chunki u ham chap qanotda, ham markaziy himoyada harakat qila oladi.
Manbaga ko'ra, "Real"ning ehtimoliy transfer ro'yxatida "Arsenal" himoyachisi Rikkardo Kalafiori ham bor.
Avvalroq "Manchester Siti" Gvardiolga 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar