Mourin'yo “Real”ga ikkita zo'r himoyachi tanladi. Ular kimlar?

  • 28.05.2026 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”ni qabul qilib olishi aytilayotgan Joze Mourinyo yangi jamoasidagi oʻzgarishlarni tarkibni oʻziga moslashtirishdan boshlaydi.

Jurnalist Migel Serrano maʼlumotlariga koʻra, portugaliyalik mutaxassis birinchi navbatda himoya chizigʻini isloh qiladi.

Mourinyo ana shu maqsadini amalga oshirish uchun “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni transferi boʻyicha qatʼiy pozisiyada turibdi. Italyalik futbolchi Mourinyoning birinchi tanlovi hisoblanadi.

Bundan tashqari, Bastoni portugaliyalik murabbiy qoʻl ostida ishlashni ertaroq boshlashi mumkin, chunki Italiya jahon chempionatida ishtirok etmaydi.

Mourinyo “Real”ga Ispaniya chempionatining oʻzidan ham himoyachi topib qoʻydi. “Real Sosyedad” himoyachisi Xon Martinning harakatlari mashqur murabbiy eʼtiborini tortgan va Joze uni ham jamoasi safida koʻrishni istamoqda.

Transfer boʻyicha ekspertlarning taʼkidlashicha, “Real” bu ikki futbolchini bir vaqtning oʻzida transfer qilishi ehtimoldan yiroq koʻrinmoqda.

Joriy mavsumda Xon Martin “Real Sosyedad” safida barcha turnirlarda 32 ta oʻyinda qatnashib, ikkita gol urdi.

Alessandro Bastoni “Inter” safida 40 ta oʻyinda qatnashib, ikkita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!