Mourin'yo “Real”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaymiz yoki 3 million yevro to‘lasin!

  • 02.05.2026 18:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya chempionatida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Benfika” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourinoning “Real”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Ma’lumki, “Qirollik klubi” kelasi mavsum oldidan bosh murabbiyni alishtirmoqchi. Alvaro Arbeloaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlardan biri aynan Mourinodir.

“Benfika” madriddiklarning qiziqishi fonida  mashhur murabbiyni o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi. Bu hafta Lissabon klubi prezidenti Ruy Koshta murabbiy bilan kelasi mavsum rejalarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi.

Bu haqida O Jogo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Benfika” rahbariyati Mourinyo bilan shartnomani 2028 yoki 2029 yilgacha uzaytirish istagini bildirgan. Hozirgi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Shu bilan birga, amaldagi kelishuvda mavsum tugagandan keyin 10 kun ichida 3 million yevro to‘lab klubni tark etish imkonini beruvchi band borligi ta’kidlanmoqda. Shu sababli “Real” tayinlov masalasida qaror qabul qilishni tezlashtirishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!