Mourin'yo: “Real”ni faqat “Siti”ning shu himoyachisi kuchaytiradi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa himoya chizig'ini kuchaytirish uchun “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Ruben Diashni eng ustuvor nomzod sifatida ko'rmoqda. Bu haqida AS nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, “Qirollik klubi” Ibrohim Konate bilan shartnoma imzolashidan avval ham portugaliyalik himoyachini sotib olish variantini ko'rib chiqqan.
Biroq Ruben Diashning Ispaniya grandiga o'tishi amalda deyarli imkonsiz deb baholanmoqda. Chunki “shaharliklar” himoya chizig'idagi yetakchi futbolchisini sotish niyatida emas.
O'tgan mavsumda Diash barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Ruben Diashning bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar