Mourino "Tottenxem"ga nima bermoqda? Arteta "Arsenal"ni qutqara oladimi... yoxud APLda vaziyat qanday?

  • 24 dekabr, 2019, 01:19
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yangi yil arafasida Angliya chempionatida ro‘y bergan va yuzaga kelgan eng qiziqarli vaziyatlar borasida to‘xtalib o‘tamiz.

"Liverpul" borasida bir fikr bildirishning o‘z ortiqcha. Sababi, ushbu jamoa juda juda yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda va ortda qolgan 17 ta turning birortasida ham mag‘lubiyatga uchramadi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Meksikaning "Monterrey" klubidan so‘ng, finalda "Flamengo"ni qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etishni uddasidan chiqdi. Ko‘pchilik, inglizlar uchrashuvning asosiy daqiqasida masalani hal etishlarini taxmin qilgandi.

5dff189327139_henderson_i_sadio_mane

Brendan Rojers qo‘l ostidagi "Lester" jamoasi ushbu mavsumda ham juda yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda.

Raneri davrida chempionga aylangan jamoani boshqa yuqoriga ko‘tarilmasligini va natijalari pasayib ketishini, umuman bu bir mavsumli klub ekanligini ta’kidlaganlar bisyor edi. Ustiga-ustak, Kante, Marez kabi yulduzlar jamoani tark etishgandi. Jamoa to‘purari Jeymi Vardi hamon klubda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda va joriy mavsumning 17-turidan so‘ng, 17 ta gol bilan APL to‘purarlari orasida etakchi bo‘lib turipti. Kuni kecha, "Lester" "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shunday bo‘lsada, ikkinchi o‘rindan tushib ketmadi. Umuman olganda, "Lester" joriy mavsum ham 2015/16 yilgi mavsum kabi yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda. Agar "Liverpul" barcha o‘yinlarini g‘alaba bilan yakunlamaganida yoki shu jamoa yo‘q bo‘lganida "Lester"da chempionlik uchun yana imkoniyat bo‘lardi. Jamoa chempion bo‘lgan yili ham 17-turdan so‘ng, 38 ochko bilan turnir jadvalida etakchilik qilayotgandi.

Sergio_Aguero_Jamie_Vardy

Gvardiola ustozlik qilgan jamoa uncha-munchaga osonlik bilan taslim bo‘lmaydi. Uning jamoasi doim favorit bo‘lib kelgan. Biroq, joriy mavsum "Man Siti" "Liverpul"ga yutqazdi va chempionlik uchun bo‘lgan kurashda, anchagina ortda qolib ketdi. Futbol shaydolarining kattagina qismi Klopp boshqaruvidagi jamoani chempionga chiqarib bo‘lishdi. Bunisi ham etmayotgandek, "Man Siti" "Lester"ni ham o‘tkazib yuborgan va uchinchi o‘rindan joy topgan, ammo yuqorida ta’kidlaganimizdek, "Manchester Siti" "Lester"ni taslim etishni uddasidan chiqdi va oradagi ochkolar farqi endi 1 tani tashkil etmoqda holos! Ayrim muxlislar Gvardiola iste’foga chiqishini xohlashayapti. Agar shunda bo‘lsa, uning o‘rniga kim keladi? Qaysi mutaxassis nomzodini ma’qul ko‘rasiz? Bu borada, Gvardioladan munosibroq nomzodni topish qiyin. Balki, yaxshi kuchli murabbiylar bordur, ammo ularning katta qismi o‘z jamoalarida yaxshi ishlab kelishmoqda. Gvardiolaning ketishi mumkinligi borasida fikr bildirishning o‘zi ham noto‘g‘ri bo‘lsa kerak. Sababi, rahbariyat uchun bu juda katta tavakkalchilik va "Real"ga qarshi o‘yindan oldin bunday ishga qo‘l urmasa kerak.

Man-City-3-1-Leicester-RECAP-Pep-Guardiola-s-side-mount-comeback-to-boost-title-charge-2226688

Gohida, kutilmagan mag‘lubiyatlarni qabul qilib olishga majbur bo‘layotgan va "Everton", "Bornmut" jamoalariga yutqazib qo‘ygandan so‘ng, "Chelsi" klubi "Tottenxem"ni taslim etishni uddasidan chiqdi. Bu ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Lempard futbolning haqiqiy mutaxassisi ekanligini isbotlab qo‘ygandek bo‘ldi. Jamoaning asl muxlislarining kayfiyatlaridan nihoyatda baxtiyor ekanliklari ko‘rinib turgandi. Avvalgi mavsumlarni yulduz futbolchilar bilan o‘tkazgan londonliklar joriy mavsumda ko‘plab yosh iqtidorlarga imkon berayapti. Qaysidur ma’noda Lempardning bu uslubi ish beryapti desak ham bo‘ladi. ChLda guruhdan chiqdi va APLda to‘rttinchi o‘rinni egallab turipti.

hzcfc0830

"Tottenxem" va MYu esa ko‘p tomonlama bir xil ko‘rinishmoqda. APLda ham 6-7-o‘rinlarni egallab turishipti va oradagi ochkolar farqi bor-yo‘g‘i bittani tashkil etmoqda. O‘yin qurish va taktik uslub bir-biriga o‘xshash, ammo ijrochilar turlicha. Himoyadagi xatolar ham ikkala jamoaning darajasiga mos emas. Asosan, futbolchilarning mahoratlari evaziga natijalarga erishilmoqda. "manchester Yunayted"ga gohida Reshford, "Tottenxem"ga esa Son, Keyn yoki Lukas kabi futbolchilar natija keltirmoqda. Ikki jamoaning orasidagi farq shundaki, biri ChLdagi yurishini davom ettirayotgan bo‘lsa, ikkinchi Evropa Ligasi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. London klubiga Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlangani muxlislarga katta umidlarni berdi, ammo 22 dekabr kuni "Chelsi"ga qarshi kechgan uchrashuvda ushbu mutaxassis ham yordam berolmay qoldi. MYu esa kutilmaganda autsayder bo‘lib turgan "Uotford"ga yutqazib qo‘ydi. Sulsher va Mourino shogirdlarining qarama-qarshiligida Reshfordning dubli MYuga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etgandi.

PRI_105451820-e1575497618752

"Arsenal" osmonida esa "qora bulutlar" paydo bo‘lgan. APLdagi so‘nggi 10 ta uchrashuvda bor-yo‘g‘i bir marotabagina g‘alabaga erisholdi. Mikel Arteta jamoaga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. Ana endi muxlislar o‘zgarishlarni kutishadi va umid qilishadi. Biroq, bu ham katta foyda keltirishiga ishonish juda qiyin. Klubning muammolari ko‘payib ketgan, boz ustiga, jamoaning bir qator futbolchilari ketish payiga tushib qolishdi. Eng achinarlisi, mana shunday qiyin vaziyatda etakchi futbolchilardan biri Obameyang ham o‘ziga yangi jamoa qidirishni boshlab yuborgan. Gabonlik futbolchi yanvar oyidagi transfer oynasida London klubini tark etish ehtimoli yuqori.

Aubameyang-Xhaka-David-Luiz-Arsenal

Natijalari keskin darajada pasayib ketgan klublar 2-davrada vaziyatni o‘nglab olishlari qiyin bo‘ladi. Chunki, APLda hech bir jamoa osonlikcha taslim bo‘lmaydi. "Vulverxempton" allaqachon grandlarga bosh og‘riq bo‘ladigan jamoaga aylanib ulgurgan. "Everton" jamoasiga Anchelotti bosh murabbiy bo‘ldi. "Lester" va "Vulverxempton" kabi "Sheffild Yunayted" ham juda samarali natijalarga erishmoqda. Turnir jadvaliga e’tibor berilsa, musobaqa qizigandanda-qiziyotgani ko‘rinib turadi.

carlo-ancelotti-everton-job-isnt-mission-impossible

Yangi yil arafasida va yanvarning boshida tur o‘yinlari faqatgina APLda bo‘lib o‘tadi. Shifokor, haydovchi, tadbirkor, hunarmand va yoyinki barcha dam olsa ham, APLda dam olishning o‘rniga ketma-ket o‘yinlar o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
VeeBoo GoldenBoy Sardor
24/12/2019 01:51
Liverpol Jahon Chempionati finalida Flamengo bilan o'ynadi )) Monterrey bilan esa yarim finalda. Mana shuni to'g'irlab qo'yilar adminlar ))