
Mourino uchun “Roma”da qolaman!
Universal hujumchi Nikolo Dzanolo faoliyatini “Roma”da davom ettirishga qaror qildi.
23 yoshli futbolchiga “Yuventus” va “Tottenxem” jamoalari jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Londonliklar bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan hujumkor futbolchi uchun rimliklar talab qilayotgan 50 million evroni to‘lashga moyillik bildirgandi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Nikolo Dzanologa portugaliyalik murabbiy Joze Mourino bilan ishlash juda ma’qul kelmoqda. Futbolchi ustozi uni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonyapti. Mana shu omillarni inobatga olib, Dzanolo Rimda qolishga qaror qilgan.
Dzanolo faoliyatini boshlaganidan beri klublar miqyosida 198 ta uchrashuvda qatnashib, 58 ta gol va 27 ta assist qayd etgan.
Fikrlar