Mourin'yo va Gvardiola Arbeloani rekordchiga aylantirdi

  • 18.03.2026 13:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa 2025-2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasida 1/4 finalga chiqqanidan so‘ng tarixda hech bir murabbiyga nasib etmagan natijaniга erishdi.

Jurnalist Aleksis Martin-Tamayoning ma’lum qilishicha, Arbeloa tarixda ilk bor Joze Mourin’yu va Xosep Gvardiolani Chempionlar ligasi pley-off bosqichida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, turnirdan chiqarib yuborgan yagona murabbiyga aylandi.

Shuningdek, Yurgen Klopp va Diego Simeone ham ilgari mashhur hamkasblarining har ikkisini turnirdan chiqarган, ammo ularga qarshi pley-offdagi har ikki o‘yinda g‘alaba qozona olmagan.

Eslatib o‘tamiz, pley-off saralash bosqichida Madrid grandi Mourin’yo boshqarayotgan “Benfika”ni ikki o‘yinda ham mag‘lub etgan (1:0, 2:1), 1/8 finalda esa Arbeloa shogirdlari Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti”dan ustun keldi (3:0, 2:1).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!