Mourin'oga mos kelmagan va "Real"ni tark etadigan oʻyinchilar roʻyxati chiqdi

  • 27.07.2026 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozircha Madridning «Real» klubi tarkibni qisqartirish va yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo rejalariga to‘g‘ri kelmaydigan futbolchilar bilan xayrlashish ustida ish olib bormoqda. Bu haqida AS nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, klub himoyachi Raul Asensio hamda hujum chizig‘ida o‘ynaydigan Gonsalo Garsiya va Franko Mastantuono bilan yo‘llarni ajratishni rejalashtirgan. 

Qayd etilishicha, Asensio vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirish va jamoada qolishni istayapti, ammo bu ehtimol juda past baholanmoqda. Uning agenti Jorje Mendes futbolchiga yangi klub izlashga kirishgan. 

Shu bilan birga, Garsiya va Mastantuono yaqin kunlarda «Real»ni tark etishini biladi: birinchisi klubni butunlay tark etsa, ikkinchisi ijara asosida jamoadan ketishi kutilmoqda.

Shuningdek, yarim himoyachilar Braim Dias va Eduardo Kamavinga ham Mourinyoning kelasi mavsum uchun asosiy tarkib rejalari markaziy o‘rin tutmayapti. Shunga qaramay, bu bosqichda ularning kelajagi hali ham madridliklar bilan bog‘liq, chunki har ikki futbolchi ham jamoada qolish va asosiy tarkib uchun kurashish niyatida ekanini ochiq bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!