
Mourinyu yangi mavsumda Matyuidini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi
"Manchester Yunayted" yozda Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Blez Matyuidini sotib olishga urinib ko‘rmoqchi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda 30 yoshli frantsiyalik futbolchiga shaxsan jamoa ustozi Joze Mourinyuning o‘zi ehtiyoj sezmoqda. Aynan portugaliyalik mutaxassis Matyuidining o‘yinlarini ko‘pdan buyon kuzatib kelmoqda va imkon qadar uni tezroq o‘z jamoasi safida ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Matyuidi joriy mavsum “keksa sinora” safida jami 33ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar