Movsar Evloev: “Agar Topuriya Maxachevga yutqazsa, bu uning fazilatlarini kamaytirmaydi”

  • 23 aprel, 16:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Movsar Evloev Islom Maxachev va Iliya Topuriya o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi:

Tecno

Sen Topuriyaning mag‘lubiyatsiz seriyasini buzmoqchi ekaningni aytding. Agar sen chempion bo‘lgan vaqtda u allaqachon Islomga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, u senga hali ham qiziq bo‘ladimi?

– Agar u Islomga yutqazsa, bu uning fazilatlarini kamaytirmaydi. Islom — boshqa daraja. U gavdaliroq, kuchliroq. Islom og‘irroq vazn toifasida chempion. U har qanday vazn toifasidan qat’i nazar, eng kuchli jangchi.

Shunday ekan, Islomga yutqazishda uyatli hech narsa yo‘q. Faqat Islomdan engilgani uchun Topuriyani hisobdan chiqarish – bu ahmoqlik bo‘lardi, – dedi UFCning engil vazn toifasidagi jangchisi Evloev.

Ispan jurnalistlaridan biri Alvaro Kolmenero xabar berishicha, Topuriya engil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritish uchun UFC 317 turnirida jang qiladi. Ushbu turnir 28-iyundan 29-iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!