Movsar Evloev: "Kamarni qo‘lga kiritgach, divizionni tozalab tashlamoqchiman"
Rossiyalik UFC jangchisi Movsar Evloev amaldagi chempion Aleksandr Volkanovskiga qarshi jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Volkanovskini juda hurmat qilaman - u meni "da’vogar" deya tilga olgan yagona odam. U tarixdagi eng MMA ustalaridan biri. Lekin men ham bu yerga tasodifan kelib qolmaganman. Buni isbotlashga bo‘lgan xohish menga qo‘shimcha motivatsiya beradi.
Bu yerga kamarni qo‘lga kiritib, chempionlikni saqlab qolish uchun keldim. Shundan so‘ng, imkon qadar hammani mag‘lub etmoqchiman", - dedi rossiyalik "UFC on Paramount" telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski va Evloev o‘rtasidagi chempionlik jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "UFC 333" turnirida o‘tkaziladi.

Fikrlar