CHERY AUTO

2025 yil 24-29 iyun kunlari Namangan shahrida joylashgan “Barkamol avlod” sport saroyida muaytay bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 400 nafarga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqada umumjamoa bo‘yicha 1-o‘rin Samarqand viloyati, 2-o‘rin Namangan viloyati, 3-o‘rin Andijon viloyati jamoalari egallashdi. 

Shuningdek, ushbu musobaqada sentyabrda Abu-Dabida bo‘ladigan Jahon chempionati hamda oktyabrda Baxraynda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga ishtirok etishga nomzod sportchilar saralab olindi.

Bu haqda O‘zbekiston muaytay assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!