
Muhammad Saloh barcha zamonlar rekordini o‘rnatib qo‘ydi
Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Liverpul” 15-turning kechiktirilgan uchrashuvida “Everton” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Liverpulliklarning har ikki goliga taejribali Muhammad Saloh hissa qo‘shdi. Misrlik hujumkor futbolchi dastlab Mak Allisterga golli pas uzatdi, keyin o‘zi ham gol urdi.
Bu ikki samarali harakat 32 yoshli hujumchi nomini tarixga yozdi. Squawka statistika portalining ma’lum qilishicha, Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasining bir mavsumida safar uchrashuvlarida gol+pas tizimida 22 ochko to‘plagan birinchi futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.
Saloh bu mavsum raqib maydonlaridagi uchrashuvlarda 13 ta gol va 9 ta assist muallifi bo‘ldi.
Avvalgi rekord Endi Koulga tegishli bo‘lib, 1993-1994 yilgi mavsumda bu hujumchi “Nyukasl Yunayted” safida safar uchrashuvlarida gol+pas tizimia 21 ochko to‘plagan edi.
Fikrlar