Muҳammad Saloҳ “Liverpul”dan ketishini aytgani unga katta summadan ayirdi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloҳ 2027 yilda tugaydigan shartnoma muddatidan oldin klubni tark etish qarori sabab 20 million funt (23 million yevro) miqdoridagi bonusni ololmaydi.
Bu haqida The Sun xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, misrlik futbolchi 2026-2027 yillgi mavsum oxirigacha jamoada qolgan taqdirda unga 20 million funt miqdorida bonus berilishi haqida band kiritilgan. Bu band 2025 yilning aprelida tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan.
Ta’kidlanishicha, Saloҳning yozda ketishi sabab “Liverpul” umumiy hisobda 40,8 million funt miqdorila (46,9 million yevro) pul tejaydi.
Muhammad Saloҳ 24 mart kuni joriy mavsum yakunlangach, “Liverpul”ni tark etishini e’lon qilgan edi.
Misrlik hujumchi 2017 yildan beri mersisaydliklar safida o‘ynamoqda. Bu davrda 33 yoshli vinger barcha musobaqalarda 435 ta o‘yinda ishtirok etib, 255 ta gol va 122 ta golli uzatma qayd etgan.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar