Muhammad Saloh “Manchester Yunayted” kushandasiga aylandi

  • 02.09.2024 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining uchinchi turida “Manchester Yunayted” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Liverpul” futbolchilaridan qaqshatqich zarbaga uchradi – 0:3.

Mehmonlarning uchinchi golini urgan Muhammad Saloh ajoyib ko‘rsatkich qayd etdi. 32 yoshli hujumkor futbolchi manchesterliklar bilan bo‘lgan o‘yinlardagi gollari sonini 15 taga etkazib oldi.

Yana bir muhim jihat shundaki, Muhammad Saloh “Manchester Yunayted”ning uy arenasi hisoblangan “Old Trafford”da ketma-ket ettinchi uchrashuvda mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

Misrlik forvard 2017 yildan beri liverpulliklar sharafini himoya qilmoqda. 32 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi bu mavsum oxirida yakunlanadi. Muhammad Saloh bu yil “Livrpul”da so‘nggi yilini o‘tkazayotganini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!