Muhammad Salohga yangi jamoa topildi

  • 11 may, 2021, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati yozgi transferlar vaqtida etakchi hujumchisi Kilian Mbappeni ushlab qola olmasa, uning o‘rniga Angliyada to‘purarlik mahoratini  namoyish etib kelayotgan Muhammad Salohni olib kelishga qaror qildi.

Tecno

Ayni paytda parijliklar Kilian Mbappeni yangi bitimga ko‘ndira olmayapti. 22 yoshli hujumchi yozda “Real” yoki boshqa grand klubga o‘tishni rejalashtirmoqda. Mbappening ketishiga jamoaning Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir emasligi ham ta’sir o‘tkazmoqda.

“Liverpul” rahbariyati esa Muhammad Salohning bosh murabbiy Yurgen Klopp bilan sovuq munosabatda ekanini inobatga olib, sotib yuborish variantini o‘rganib chiqmoqda. Biroq, Misr terma jamoasi hujumchisini oladigan klub yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Muhammad Saloh joriy mavsumda premer-ligaja 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 marotaba aniq nishonga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!