
Muhammad Salohning jamoadoshi vafot etdi
Misr terma jamoasi va “Fyuche” klubi hujumchisi Ahmad Refaat 31 yoshida hayot bilan vidolashdi.
Shu yilning 11 mart kuni “Fyuche” va “Al-Ittihod” uchrashuvida Ahmadning salomatligi birdan yomonlashdi va u yurak xurujiga uchradi. Bahs yakunlanishiga ikki daqiqa qolganida futbolchi hushini yo‘qotib, maydonga yiqildi.
Uchrashuv to‘xtatilib, Refaat shifoxonaga olib ketilgandi. Hujumchi o‘shandan buyon koma holatida yotgandi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u o‘ziga kelmadi.
Misr futbol uyushmasi matbuot xizmati orqali marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Refaat professional faoliyati davomida 211 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 46 ta gol va 40 ta assist yozdirib qo‘ygan. U Misr terma jamoasi safida etti marotaba maydonga tushgan.
Fikrlar