Muҳammadqodir Hamraliev– “Navbahor” futbolchisi!

  • 10.08.2026 21:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Muhammadqodir Hamraliev "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida namanganliklar klubi matbuoti xabar berdi. 

"Ushbu futbolchi – 2001-yil, 6- iyul  kuni Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Ampluasi - himoyachi.
Faoliyati davomida "Dinamo" (Samarqand, 2020-2021 yillar), "Olimpik" (Toshkent, 2022 yil),  jamoalarida o‘ynagan, 2023 yildan buyon "Paxtakor" (Toshkent) safida o‘ynayotgandi.  

Bundan tashqari, Muhammadqodir Hamraliev O‘zbekiston U-23 (2021-2024) terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan va  2023 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoamiz a’zosi sanaladi.
Muhammadqodir Hamralievga “Navbahor” tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, “lochinlar”ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz.

Jamoamizda xush ko‘rdik, Muhammadqodir", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!