Mujibillo Tursunov Kamronbek Eshmatov uchun "qasos oldi"
Xabaringiz bor, ayni damda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC Grand Prix musobakasining yarim final bahlari bo‘lib o‘tmoqda.
E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Mujibillo Tursunov va ukrainalik Danilo Lozan o‘rtasida kechdan super jang yakunlandi. To‘liq 6 raund davom etgan shiddatli to‘qnashuvda bokschimiz ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Danilo 25 aprelda o‘tkazilgan boks oqshomida vakilimiz Kamronbek Eshmatovni mag‘lub etgan edi.



Fikrlar