Mundialda singan umrtqa bilan o‘ynagan Saliba operatsiyadan bosh tortdi

  • 23.07.2026 08:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya milliy terma jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Vilyam Saliba umurtqa jarohatiga qaramay, jarrohlik amaliyotidan voz kechdi. 

Bu haqida L'Équipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi operatsiya o‘rniga uzoq muddatli tiklanish dasturini tanlagan. Shu sababli u bir necha oy maydonga tusha olmaydi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Saliba 2026 yildagi jahon chempionati boshlanishidan ikki oy oldin og‘ir umurtqa jarohati olgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. 

Shunga qaramay, tajribali himoyachi mundialda ishtirok etgan, og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini qabul qilgan va har kuni maxsus tibbiy yordam olgan.

Himoyachi jahon chempionat doirasida olti o‘yin o‘tkazdi. Ispaniyaga qarshi bahsda (0:2) u 30-daqiqada navbatdagi jarohatni oldi va maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!