Mundialda tanqidga uchragan Tantashev xushxabar oldi
O‘zbekistonlik futbol hakami Ilgiz Tantashev Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra 2026 yildgi jahon chempionatining eng yaxshi o‘n nafar hakami qatoriga kirdi, deya xabar bermoqda IFFHS rasmiy sayti.
Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakili reytingda o‘ninchi o‘rinni egalladi. Ro‘yxatni shakllantirishda hakamning necha marta o‘yinga tayinlangani, qay darajadagi bahslarni boshqargani, pley-off bosqichidagi faoliyati hamda intizomiy ko‘rsatkichlari inobatga olingan.
Jahon chempionati doirasida Tantashev bosh hakam sifatida uchta uchrashuvni boshqardi. Guruh bosqichida u Shotlandiya — Marokash va Jazoir — Avstriya o‘yinlarida ishladi, pley-offda esa Paragvay — Frantsiya bahsiga tayinlandi.
Ta’kidlash joizki, o‘zbekistonlik hakamning pley-off uchrashuvidagi boshqaruvi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Chunki Ilgiz Tantashev shu kuni fransuzlarga qarshi o‘ta qo‘pol o‘ynagan paragvayliklarga birorta ogohlantirish bermadi.
IFFHS talqiniga ko‘ra, jahon chempionatining eng yaxshi hakami deb Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi final uchrashuvini boshqargan sloveniyaik Slavko Vinchich e’tirof etildi. Ikkinchi o‘rinni AQSh vakili Ismoil El’fat egallagan bo‘lsa, uchlikni Sal’vador’dan bo‘lgan Ivan Barton yakunladi.
Eng yaxshi o‘nlikka, shuningdek, fransuz Kleman Tyurpen, ingliz Maykl Oliver, portugalialik Joau Pin’eyru, argentinalik Fakundo Telyo, venesuelalik Xesus Valensuela va iordaniyalik Adxam Moxammad ham kirdi.
IFFHS talqiniga ko‘ra 2026 yili jahon chempionatining eng yaxshi 10 hakami:
1. Slavko Vinchich (Sloveniya)
2. Ismoil El’fat (AQSh)
3. Ivan Barton (Sal’vador)
4. Kleman Tyurpen (Frantsiya)
5. Maykl Oliver (Angliya)
6. Joau Pedru Pin’eyru (Portugaliya)
7. Fakundo Telyo (Argentina)
8. Xesus Valensuela (Venesuela)
9. Adxam Moxammad (Iordaniya)
10. Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston)

Fikrlar