
Murabbiy yangi jamoasiga “Tottenxem”ning to‘rt yulduzini chaqirdi
Angliya Premer-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan “Nottingem Forest” mavsum boshidayoq bosh murabbiyni almashtirdi.
“O‘rmonchilar” jamoani avstraliyalik mutaxassis Ange Postekogluga topshirdi. Bu murabbiy o‘tgan mavsumda “Tottenxem”ni Evropa Ligasi g‘olibiga aylantirgandi. Biroq ichki chempionatdagi natijalar past bo‘lgani uchun “shporlar” uni baribir iste’foga chiqargandi.
Daily Express nashrining yozishicha, Postekoglu “Nottingem Forest”ni “Tottenxem”da o‘zining ishonchini oqlagan to‘rt nafar futbolchi yordamida kuchaytirmoqda. Qizig‘i shundaki, bu murabbiy “shporlarning” birdaniga uch himoyachisi – Ben Devis, Destini Udodji va Radu Dregushinni transfer qilmoqchi.
Bundan tashqari, Postegoglu ilgari “Bavariya”dan “Tottenxem”ga o‘zi olib kelgan hujumchi Matis Tel ham “o‘rmonchilar” safini to‘ldirishini istayapti.
Fikrlar