Murabbiyga qo‘l ko‘targan yulduz jamoani tark etdi
Faoliyati davomida PSJ, “Liverpul” va “Kristal Pelas” kabi klublarda hamda Frantsiya terma jamoasida o‘ynagan Mamadu Sako bir necha yildan beri Frantsiya chempionatida “Monpele” sharafini himoya qilayotgan edi.
33 yoshli futbolchi yaqinda bosh murabbiy Mishel Ter-Zakaryan bilan urishib qoldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkitomonlama o‘yinda bosh murabbiy futbolchining harakatlariga e’tiroz bildirib, uni urishib beradi. O‘ziga bo‘lgan bu munosabatni ko‘tara olmagan Mamadu Mishel Ter-Zakaryanni itarib yuboradi va u yiqilib tushadi.
Mamadu Sako endi bu jamoada o‘ynamaydigan bo‘ldi. Futbolchining o‘zi ham shartnoma bekor qilishga rozilik berdi.
- Seni hurmat qilishmagan stoldan turib ketishni ham bilish kerak. O‘tgan haftada ro‘y bergan mojarodan keyin “Monpele” bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildim, - deb yozdi Mamadu Sako o‘z ijtimoiy sahifasida.
2021 yildan beri Sako bu jamoada 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol rasmiylashtirgan.



Fikrlar