
"Muradov Professional Liga5" turnirining yana ikki jangi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, 21 may kuni Qo‘qon shahrida yana bir katta MMA kechasi tashkil etiladi. Ya’ni, "Muradov Professional Liga 5" turniri bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumki, ushbu turnirda bir qator yurtimizning mashhur MMA vakillari ham oktagonga ko‘tariladi.Jumladan, Shohasan Mirzamatov, Avliyoxon Hamidov, Ahliddin Mirzadavlatov navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Mirzamatov hamda Hamidovning raqiblari ma’lum bo‘lib ulgurgan. Bu borada ma’lumot berib o‘tgan edik.
Bugunga kelib, yana ikki nafar hamyurtimizning ushbu jang oqshomida oktagonga ko‘tarilishi va raqiblariga ham oydinlik kiritildi.
Engil vazn (70,3 kg) toifasida faoliyat yuritadigan vaeillarimiz Muhiddin Mamajonov (2-0) qirg‘izistonlik Eldiyar Tobaevga (2-1) qarshi bahs yuritsa, Umar Karimov (2-0) Qozog‘iston vakili Saladin Sabirov bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.
Tez orada to‘liq fayt-kard ham ma’lum bo‘ladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar