
Murodjon Ahmadalievning ehtimoliy raqibi vaznini o‘zgartirmoqda yoxud WBO kamari vakant maqomida...
Hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievning vazn toifasidagi WBO kamari vakant maqomini olishi mumkin. Ushbu chempionlik kamari esa, Emanuel Navarettega tegishli...
-55 kg vaznda WBO chempioni meksikalik Emanuel Navarrete (31-1, 27KO) o‘ziga tegishli bo‘lgan kamarni vakant qoldirib, Uriel Lopes ( 13-13-1, 6 KO) ga qarshi jangidan so‘ng -57 kg vaznda qolishini aytdi.
-57 kg vazn toifasidagi WBO chempioni Shakur Stivenson ham yaqindagina bir pog‘ona yuqori bo‘lgan, birinchi engil vazn (-59 kg) da debyutini o‘tkazgan edi. “Top Rank” rahbari Bob Arumning ta’kidlashiga qaraganda Shakur ham kamarini vakant qilib -59 kg vaznga to‘laqonli o‘tsa, u holda Emanuel Navarrete shu yilning o‘zidayoq ushbu vazn toifasining ya’ni, -57 kgda chempionlik kamari uchun jang qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, -55 kg vaznda WBC chempioni Rey Vargas, WBA va IBF chempioni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev hisoblanadi.
Fikrlar