Muxlislar David de Xeani "sindirib" qo‘ydi
“Manchester Yunayted” ishonchli darvozabon masalasida muammoga duch kelmoqda. Ayni paytda jamoa darvozasini qo‘riqlayotgan David de Xea kutilmaganda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Bu jamoaning umumiy natijalariga ta’sir qilyapti.
MYuning sobiq sardori Garri Nevill ispaniyalik darvozabon to‘g‘risida fikr bildirdi.
- David de Xea “Manchester Yunayted” so‘nggi to‘rt yil davomida ishonch bildirsa bo‘ladigan yagona futbolchi edi. Hozir unday emas. U juda ko‘p xato qilyapti. Ispaniyalik muxlislarning munosabati uni sindirdi. Ular 2018 yilgi jahon chempionatida ham darvozabonga hushtakbozlik qilishdi. Shundan buyon, u o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgan, - deydi Nevill.
Chempionat restartidan oldin jamoa bosh murabbiyi Sulsher kelasi mavsumdan ijarada “Sheffild Yunayted” darvozasini qo‘riqlayotgan Din Xendersonga imkon berishini bildirgandi.

Fikrlar