Muxlislar xavotirda! Yamal "Barsa" mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

  • 05.09.2026 14:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ning 19 yoshli yarim himoyachi-vingeri Lamin Yamal Ispaniya chempionatining navbatdagi oʻyinida maydonga tushmasligi mumkin.

Jurnalist Alfredo Martines xabariga koʻra, Yamal «Barselona»ning navbatdagi mashgʻulotida ishtirok etmadi. Futbolchining nega yigʻinni oʻtkazib yuborayotgani hozircha oshkor etilmagan.

Lamin Yamal joriy mavsumda Ispaniya La Ligasida uchta uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishgʻol etgan.

Yakshanba, 6 sentabr kuni «Barselona» safarda «Valensiya»ga qarshi bahs olib boradi. Chempionatning toʻrtinchi turiga tegishli ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!