
Mxitaryan 4 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
“Roma” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan kecha A Seriyaning 7-turidan o‘rin olgan “Jenoa”ga (3:1) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga xet-trik yozdirib qo‘ydi.
E’tiborlisi, 31 yoshli armanistonlik futbolchi so‘nggi 4 yilda ilk bor xet-trik qayd etdi. U so‘nggi bor 2016 yil Gvatemala (7:1) terma jamoasiga qarshi o‘yinda xet-trik muallifiga aylangan.
Mxitaryan joriy mavsum “Roma” safida A Seriyada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar