
Mxitaryan armanistonlik biznesmenning qiziga uylandi
Londonning "Arsenal" klubi va Armaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan armanistonlik biznesmen Betti Vardanyanning qiziga uylandi. Bu haqda u o‘zining instagramdagi sahifasida e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Mxitaryan “Arsenal”ga o‘tishdan avval “Manchester Yunayted” hamda “Borussiya” Dortmund kabi jamoalarda ham o‘ynagan. U o‘tgan mavsum APLda 25ta o‘yinda maydonga tushdi va 6ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar