MYu "Arsenal" qiziqqan hujumchini ilib ketmoqchi

  • 1 mart, 16:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovich Angliya Premer-ligasining top jamoalari orasida katta talabga ega.

Caught Offside jurnalistlarining ma’lumotiga ko‘ra, serbiyalik hujumchini qo‘lga kiritish uchun "Manchester Yunayted" ham kurashga qo‘shilgan. "Qizil iblislar" futbolchini Londonning "Arsenal" klubidan ilib ketmoqchi. O‘z navbatida, "Yuventus" Vlahovich bilan xayrlashishga tayyor, agar uning transferi uchun taxminan 60 million evro taklif qilinsa.

Joriy mavsumda Dushan Vlahovich "Yuventus" safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning o‘rtalarigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!