MYu Bellingem uchun kurashdan chiqdi, nomzodlar orasida 3 ta grand klub bor

  • 26 noyabr, 2022, 15:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning bir nechta grand klubi "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun talashmoqda.

Tecno

"Sky Sport Deutschland" xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchini sotib olish kurashida MYu mag‘lub bo‘ldi va kurashni to‘xtatdi. Manchesterliklarda Judni xarid qilish uchun imkoniyat yo‘q.

Biroq "Liverpul", "Manchester Siti" hamda "Real" uni o‘z tarkibiga qo‘shib olish harakatlarini davom ettirmoqchi. "Shaharliklar" va  "qirollik klubi"da moliyaviy muammo bo‘lmasligi, mersisaydliklar uchun esa transfer narxi biroz qimmatlik qilishi taxmin qilinmoqda. "Asalarilar" o‘z futbolchisini 150 million evroga baholamoqda.

19 yoshli futbolchi 2020 yilda dortmundliklar tarkibiga kelib qo‘shilgan. U ayni paytda Angliya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!